vazifa.io

Biznesdagi ish tartibini telefondan bir qarashda ko'ring

Ertalab xodim tekshiruvni telefonda to'ldiradi, rahbar esa do'kon ochilganini va kassa tayyorligini fotosuratda ko'radi. Xodimga qo'ng'iroq qilish kerak emas, kechikkan ish ham o'zi ko'rinadi. Bitta do'konga ham, yirik tarmoqqa ham mos.

Istalgan paytda to'xtatish mumkin.

Tashkilotlar Vazifada 10 000 dan ortiq tekshiruv o'tkazdi

2026-yil aprelidan beri har bir tekshiruvda xodimning ismi, vaqti va fotosuratlari saqlanadi.

VAZIFA.IO
Jami hisobot

Xodimlar190
Tekshiruvlar10 000+
Javoblar90 000+
Foto va video51 000+

2026-yil noyabr holatiga ko'ra

Mijozlarimiz

Vazifadan foydalanayotgan tashkilotlar.

Marjon Market
Aroma
Yemak
Eden
Karshi Parfum
Afsona Cake
Ganga
City Tour
Iqtidor Xalqaro Maktabi

Uch qadamda qo'ng'iroqsiz nazorat

Xodimga eslatma o'zi keladi

Tekshiruv vaqti kelganda xodimning telefoniga eslatma o'zi tushadi. Rahbar qo'ng'iroq qilib so'rashi shart emas.

  • Jadval va vaqt oynasi biznesga moslab sozlanadi
  • Vazifalar xodim telefonida alohida ko'rinadi
Xodim ro'yxati

Natija isbot bilan keladi

Xodim javoblarga fotosurat va izoh qo'shadi, rahbar esa tekshiruv yakunlanishi bilan xabar oladi va «bajarildi» degan gapni o'z ko'zi bilan ko'radi.

  • Javob xodim va vaqt bilan saqlanadi
Tekshiruvni to'ldirish

Butun biznes bir ekranda

Rahbar bajarilish foizini va kechikkan tekshiruvlarni ko'radi, har bir joyni aylanib chiqish shart emas.

  • Kun, hafta va oy bo'yicha natija
  • Bir nechta joyni bir-biri bilan solishtirish
Boshqaruv paneli

Nazoratni fotosurat va muddat bilan yuriting

Har bir usulning o'z kuchli tomoni bor. Farq esa quyidagi jadvalda aniq ko'rinadi.

Telegram guruh
Og'zaki
vazifa.io
Narxi
✓Bepul
✓Bepul
–14 kun bepul, so'ng tarif bo'yicha
Fotosurat dalili
–Xodim xohlasa yuboradi
×Dalil bo'lmaydi
✓Javobga fotosurat va izoh qo'shiladi
Ovozli xabar
–Bor, yozishmada qoladi
–Bor, saqlanmaydi
✓Javobga biriktiriladi (Pro)
Joylashuvni tekshirish
–Xodim o'zi yuborsagina
×Tekshirib bo'lmaydi
✓Ish joyi hududida topshiriladi (Pro)
Vaqt oynasi nazorati
×Qo'lda eslatiladi
×Nazorat qilinmaydi
✓Kechikkan ish rahbarga o'zi ko'rinadi
Jarimalar
–Qo'lda hisoblanadi
–Qo'lda hisoblanadi
✓Jarimani tizim taklif qiladi, qaror menejerda

vazifa.io eng kichik joy uchun ham mos: bitta xodim uchun tarif doimo bepul.

Nazoratni osonlashtiradigan imkoniyatlar

Vaqt oynasi nazorati

Tekshiruv belgilangan vaqt oynasida topshiriladi. Muddati o'tgan tekshiruv «bajarilmadi» deb belgilanadi va rahbarga ko'rinadi.

Diqqat talab qiladi

Xodim e'tibor talab qiladigan holatni izoh bilan belgilaydi. Rahbarga alohida xabar yuboriladi va bunday tekshiruvlarni ro'yxatdan ajratib ko'rish mumkin.

Jarimalar

Tizim bajarilmagan tekshiruv uchun jarima taklif qiladi. Jarima menejer tasdiqlagandan keyingina kuchga kiradi, shuning uchun yakuniy qaror menejerda bo'ladi.

Baholash

Xodimlar belgilangan mezonlar bo'yicha baholanadi. Har bir mezonni mas'ul menejer baholaydi, natijalar esa bir joyda ko'rinadi.

Tuzilma ko'rinishi

Har bir menejer faqat o'z xodimlarining natijasini ko'radi. Ma'lumotga kirish shu tarzda tartibga solinadi.

Ovozli xabarPRO

Xodim izohni yozmasdan, ovozli xabar bilan qoldirishi mumkin. Bu izoh qoldirishni tezlashtiradi.

Javobni to'g'rilashPRO

Xodim adashib javob belgilagan bo'lsa, menejer uni tekshiruv ichidan to'g'rilay oladi.

Hudud tekshiruviPRO

Xodim tekshiruvni faqat ish joyi hududida topshira oladi. Sozlama ixtiyoriy, uni kerakli joyda yoqish mumkin.

Narx xodim soniga qarab hisoblanadi

Standart va Pro tariflarini 14 kun bepul sinab ko'rish mumkin. Bitta xodim uchun tarif doimo bepul.

Free

0so'm

cheklangan tarif

  • 1 ta xodim
  • 1 ta chek-list
  • 1 ta joy (filial)
Boshlash

Standart

60 000so'm

xodim uchun, bir oyga

Bir xodim uchun kuniga 2 000 so'm.

  • Cheksiz xodim, chek-list va joy (filial)
  • Tekshiruvlar va jadval
  • Vazifalar
  • Har bir xodimga 2 GB fayl hajmi
14 kun bepul sinash
Ommabop

Pro

120 000so'm

xodim uchun, bir oyga

Standartdagi hammasi va yana:

  • Ovozli xabar
  • Tekshiruv javobini tahrirlash
  • Ish joyi hududida tekshirish (ixtiyoriy)
  • Har bir xodimga 4 GB fayl hajmi
14 kun bepul sinash

Enterprise

Kelishiladi

kamida 100 xodim

  • Shartnoma va hisob raqam orqali to'lov
  • Modullar talabga moslab sozlanadi
  • Bosqichma-bosqich joriy etish
Bog'lanish

Standart va Pro tariflarida narx kamida 10 xodim uchun hisoblanadi.

Sinovdan keyin xodimlar soni ikki va undan ko'p bo'lsa, hisob-faktura yuboriladi. To'lov amalga oshirilmasa, tashkilot Free tarifga o'tadi va ma'lumotlar saqlanadi.

Ko'p beriladigan savollar

Xodimlar ishni qanday boshlaydi?

Xodim Vazifa ilovasini App Store yoki Google Play'dan o'rnatadi va telefon raqami orqali kiradi.

Kichik biznes uchun ham mosmi?

Ha. Vazifa bitta do'kon, kafe yoki ofisdan tortib ko'p filialli tarmoqqacha mos keladi. Bitta xodim uchun tarif doimo bepul.

Bu xodimlarni kuzatish tizimimi?

Yo'q. Vazifa xodimni kuzatmaydi: xodim tekshiruv ro'yxatini o'zi to'ldiradi va bajargan ishini o'zi tasdiqlaydi. Hudud tekshiruvi ixtiyoriy sozlama bo'lib, Pro tarifda mavjud.

Natijani kim ko'radi?

Rahbar butun tashkilot natijasini ko'radi. Menejer faqat o'ziga biriktirilgan xodimlarning natijasini ko'radi.

Narxi qancha?

Standart tarif bir xodim uchun kuniga 2 000 so'm, ya'ni oyiga 60 000 so'm. Pro tarif xodim boshiga oyiga 120 000 so'm. Ikkala tarifda ham narx kamida 10 xodim uchun hisoblanadi. Katta tashkilotlar uchun narx kelishiladi.

Avval sinab ko'rish mumkinmi?

Ha, 14 kun bepul. Sinovdan keyin xodimlar soni ikki va undan ko'p bo'lsa, hisob-faktura yuboriladi. To'lov amalga oshirilmasa, tashkilot Free tarifga o'tadi va ma'lumotlar saqlanadi.

Ilova qaysi tillarda ishlaydi?

Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Vazifani 14 kun bepul sinab ko'ring

Tekshiruvni sozlang. Eslatma xodimga, natija esa fotosurat bilan rahbarga o'zi keladi.

Sinov muddati14 kun
Bepul